XOJA AHMAD YASSAVIY - TURKIY XALQLAR MA’NAVIY RAHNAMOSI
Keywords:
tasavvuf, islom, shayx, turkiy dunyo, TURKSOY, ma’naviy meros, tarix, madaniyat, ma’rifat.Abstract
Maqolada Turkiy xalqlar tarixida keng shuhrat topgan va yuksak ma’naviy nufuzga erishgan ulug‘ zotlar kо‘p bо‘lgan, lekin Xoja Ahmad Yassaviyga о‘xshab asrlar mobaynida turkiy qavmlar ruhoniy hayotiga rahnamolik qilgan va shu kunlarga qadar tasavvuf, adabiyot, madaniyat, hatto siyosat jabhasida ta’sirini о‘tkazib kelgan buyuk siymolar keng tadqiq etilgan. Shuningdek, Alisher Navoiy о‘z davrida hazrat Yassaviyga “Turkiston mulkining shayxul mashoyixi” deb yuksak baho berganligi, Ahmad Yassaviyning о‘lmas merosi turkiy olamning buyuk vakillari – Jaloliddin Rumiy va Yunus Emro, Yusuf Xos Hojib, Nizomiy Ganjaviy, Maxtumquli, Firog‘iy va Boborahim Mashrab kabi shoirlar qatorida turkiy xalqlarning umumiy ma’naviy boyligi sifatida ardoqlab kelinganligi ilmiy asoslab berilgan.